«bojxona boji» tegli maqolalar


O‘zbekistonga import qilinadigan avtomobillar narxi qanchaga pasayadi ($10 va $20 minglik modellar misolida)
16 iyun 2023, 21:44

O‘zbekistonga import qilinadigan avtomobillar narxi qanchaga pasayadi ($10 va $20 minglik modellar misolida)

O‘zbekistonga olib kelingan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari kamaytirilgani ular narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishi taxminiy hisob-kitob qilindi. Jumladan, dvigatel hajmi 1000 kub sm gacha, narxi 10 ming dollar bo‘lgan avtomobilning yakuniy narxi 14 mingdan 12 ming dollargacha pasayadi.

Ayrim qurilish materiallari importi 2025-yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod etildi
14 aprel 2023, 13:09

Ayrim qurilish materiallari importi 2025-yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod etildi

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonga sement, fanera, qolip va boshqa qurilish materiallarini olib kirish 2025-yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Avvalroq davlat rahbari ushbu chora uy-joy qurilishi tannarxini pasaytirishga qaratilgani haqida aytgandi.

36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bojlar vaqtincha bekor qilingani narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
4 aprel 2023, 09:53

36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bojlar vaqtincha bekor qilingani narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

O‘zbekistonda 36 turdagi tovarlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangani ba’zi narxlar pasayishiga olib keldi. Shokolad, sabzavot va meva konservalari, mol go‘shti arzonlagan bo‘lsa, yogurt, qaymoq, tvorog kabi sut mahsulotlari narxi o‘zgarmadi. Choy, kofe, sabzavot, murabbolar narxi biroz oshgan.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi importi 3 yilga boj va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi
24 mart 2023, 16:39

Qishloq xo‘jaligi texnikasi importi 3 yilga boj va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

1 apreldan barcha turdagi mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun 15 foizlik subsidiya beriladi, import qilinadigan texnikalar 3 yil muddatga bojxona va utilizatsiya yig‘imlaridan ozod qilinadi. Uskunalar xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, shokolad importiga nisbatan bojxona boji qo‘llanmaydi
23 mart 2023, 17:58

36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, shokolad importiga nisbatan bojxona boji qo‘llanmaydi

Prezident 2024 yilgacha 34 turdagi oziq-ovqat va tovarlar — pishloq, tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok, behi, yogurt, kefir, sut mahsulotlari, makaron, cho‘chqa go‘shti importiga 2024 yilgacha nol stavka joriy etilishini tasdiqladi. Piyoz, salat bargi importiga ham imtiyozlar joriy etilmoqda.

Ayrim import mahsulotlarini bojxona bojidan ozod etish muddati uzaytirildi
18 noyabr 2022, 12:08

Ayrim import mahsulotlarini bojxona bojidan ozod etish muddati uzaytirildi

Prezident farmoni bilan 2023 yil 1 iyulgacha baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalar (limondan tashqari), margarin va boshqa import tovarlari bojxona bojidan ozod qilinishi belgilandi.

2023-yilgacha 22 ta turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi
31 may 2022, 16:23

2023-yilgacha 22 ta turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi

2023-yilga qadar go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i kabi jami 22 ta turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi. Qolaversa, oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash amaliyoti to‘xtatib turiladi. Antimonopoliya qo‘mitasining narx-navoning asossiz oshirish, raqobatni buzish bo‘yicha vakolatlari kuchaytiriladi.

Dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchilarga kredit va soliq imtiyozlari berildi
21 may 2022, 15:37

Dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchilarga kredit va soliq imtiyozlari berildi

Prezident farmoni bilan dorivor o‘simliklarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi oilaviy tadbirkorlar va kichik biznes subyektlari uchun soliq va kredit imtiyozlari berildi. Besh yilda 36 ming gektarda dorivor o‘simliklarning yangi plantatsiyalari yaratiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar esa 2025 yilgacha bojxona bojidan ozod qilindi, QQSni kechiktirib to‘lashga ruxsat etilib, tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplanishi belgilandi.

2025-yilgacha xorijdan keltirilgan tibbiy jihoz va uskunalar QQS va bojxona bojidan ozod qilinadi
18 mart 2022, 11:44

2025-yilgacha xorijdan keltirilgan tibbiy jihoz va uskunalar QQS va bojxona bojidan ozod qilinadi

Tibbiy jihozlar, buyumlar, asbob-uskuna va materiallar 2025-yil 1-yanvargacha qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojidan ozod qilinadi. Qolaversa, xususiy klinikalardan “turizm yig‘imi” undirish bekor qilinadi.

Bir qator tovarlar, jumladan, go‘sht, sariyog‘ va un importi bo‘yicha bojlar bekor qilindi
6 yanvar 2022, 20:59

Bir qator tovarlar, jumladan, go‘sht, sariyog‘ va un importi bo‘yicha bojlar bekor qilindi

Prezident qarori bilan besh turdagi tovarlar, jumladan, go‘sht, yog‘, un, sovun va boshqalarni olib kirish uchun bojxona to‘lovlari stavkalari bekor qilindi. Hozirda ushbu tovarlar uchun stavkalar 5% dan 20% gachani tashkil etadi.

82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi
23 oktabr 2021, 11:57

82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojxona bojidan ozod qilindi. Mazkur hujjat davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida bildirilgan takliflardan kelib chiqib qabul qilindi.

2024 yilgacha ayrim turdagi gazlama va matolar import bojidan ozod qilindi
21 oktabr 2021, 11:26

2024 yilgacha ayrim turdagi gazlama va matolar import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 2024 yil 1 yanvargacha sun’iy mo‘yna, zig‘irpoya va sun’iy tolalardan to‘qilgan gazlamalar, shisha iplar hamda shisha tolali matolarga import boji qo‘llanilmaydi.

1 maygacha sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi
20 oktabr 2021, 17:58

1 maygacha sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi

Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 maygacha banan, plantaynlar, anjir, ananas, avokado, mango, guayyava, mangostan, olma, nok, kivi va boshqa sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi.

2024 yilgacha ayrim tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji bekor qilindi
4 oktabr 2021, 12:36

2024 yilgacha ayrim tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji bekor qilindi

Prezident farmoniga ko‘ra, qator tovarlar uchun 2024 yil 1 yanvargacha bojxona boji bekor qilindi. Ular orasiga o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar, taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari, videoo‘yinlar uchun uskunalar va bouling uchun avtomatik uskunalar, stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari va boshqa tovarlar kirgan.

19 ta tovarlarga bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar uzaytirildi
31 dekabr 2020, 19:33

19 ta tovarlarga bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar uzaytirildi

Go‘sht, baliq, sut, tuxum, yog‘ va boshqa tovarlarni mamlakatga import qilishda bojxona bojining nol stavkalari 2021 yil oxirigacha uzaytirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting